Innovatsion g‘oya yaratdingizmi? Yangi dastur, ma’lumotlar bazasi yoki ilmiy ishlanma tayyorladingizmi? Unda eng muhim qadam — uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va mualliflik huquqini rasmiylashtirishdir!
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Har kuni yangi dasturlar, elektron bazalar va turli xil innovatsion loyihalar yaratilmoqda. Ammo ularni qonuniy himoya qilish, mualliflik huquqini mustahkamlash va rasmiy ro‘yxatga olish muhim ahamiyatga ega. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi qarori bilan EHM dasturlari va ma’lumotlar bazalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Endi dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni yanada tezkor, qulay va ishonchli tarzda amalga oshiriladi.
EHM dasturi nima?
EHM (Elektron hisoblash mashinasi) uchun dastur — bu kompyuterda ma’lum bir masalani yechishga mo‘ljallangan algoritm va buyruqlar to‘plamidir. Avval muammo modeli va algoritmi yaratiladi, so‘ngra bu algoritm kompyuter tushunadigan tilda yoziladi. Natijada, biz foydalanadigan dasturiy mahsulot paydo bo‘ladi.
Patent nima?
Patent — ixtiro yoki texnik yechimning davlat tomonidan e’tirof etilganligini va muallifning o‘z g‘oyasiga mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. Oddiy qilib aytganda, patent Sizning g‘oyangizni boshqa birov o‘zlashtirib olmasligini kafolatlaydi.
Ma’lumotlar bazasi nima?
Ma’lumotlar bazasi (MB) – bu tizimli tartibda saqlangan ma’lumotlar to‘plamidir. U ma’lumotlarni tezkor izlash, yangilash va tahlil qilish imkonini beradi. U ilmiy izlanishlardan tortib tibbiyot, iqtisodiyot, texnika, huquq, madaniyat va biznesgacha bo‘lgan keng yo‘nalishlarda qo‘llanilib, bilimlarni jamlash va ulardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Nega ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini davlat reyestriga kiritish sizga:
— Innovatsion loyihalaringizga mualliflik huquqi beradi
— Tovar belgilar va brendlaringizni himoya qiladi
— Ilmiy ishlaringizni (PhD, DSc) rasmiy asosda huquqlashtiradi
— Huquqiy himoya va ishonchli kafolat taqdim etadi
Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
1. Talabnoma tayyorlanadi va Adliya vazirligiga, DXM, YaIDXP yoki vakolatli organning maxsus axborot tizimi orqali topshiriladi.
2. “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun asosida patent boji to‘lanadi.
3. Hujjatlar tekshiriladi va avtomatik tarzda davlat reyestriga kiritiladi.
4. Sizga rasmiy guvohnoma yuboriladi.
E’tiborli jihat: hatto norezidentlar ham onlayn tizim orqali ariza topshira oladilar!
Innovatorlar, tadqiqotchilar va startaplar uchun imkoniyat!
Agar siz dastur yoki ma’lumotlar bazasi yaratgan bo‘lsangiz, uni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali o‘z ishingizni huquqiy himoya ostiga oling va xalqaro miqyosda tan olingan intellektual mulk egasiga aylaning.
🚀 Bugun ro‘yxatdan o‘tkazing — ertaga sizning ishlanmalaringiz nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo bozorida ham yangi yutuqlarga eshik ochishi mumkin!
📱 Bog‘lanish uchun:
📞 Tel: +998949324114
✉️ Telegram: @IntellectProUz
📷 Instagram: @IntellectProUz