Bizda har bir g‘oya
— amaliy natijaga aylantiriladi!
Local Business
Biz sizga muammolaringizni raqamli va ilmiy yechimlar bilan hal etishda konsalting, tahlil va dasturiy echimlar bilan yordam beramiz.
Online Store
Siz uchun ilmiy maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar, EHM dastur, web ilovalar, Telegram botlarini tayyorlaymiz va ularni ilmiy jamiyatga onlayn tarzda taqdim etishda imkoniyat yaratamiz.
Blog va Maqolalar
Ilmiy bloglar, yangiliklar va tajribalar orqali siz bilan doimiy aloqada bo‘lamiz.
Portfolio
Ilmiy loyihalaringiz va natijalarini bir portfoloida jamlashda yordam beramiz.
Xizmatlar

Ilmiy ishlar bo‘yicha professional maslahatlar
Dissertatsiya, maqola yoki ilmiy loyihangizga yo‘naltiruvchi maslahatlar.
Ilmiy g‘oya tanlashdan boshlab, metodologiya, tahlil va natijalarni taqdim etishgacha bo‘lgan bosqichlarda sizga malakali yo‘l-yo‘riq beramiz.

Ilmiy maqolalar, referatlar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar yozish
Yuqori sifatli va akademik talabga mos materiallar tayyorlaymiz.
Yozuv jarayonidan boshlab, tahrirlash, havola tizimi va formatlashgacha to‘liq xizmat.

EHM dastur, web ilovalar, Telegram botlar yaratish va DGU hujjatlarini rasmiylashtirish
Ilmiy yoki amaliy loyihangiz uchun zamonaviy texnologik echimlar.
EHM dasturi va Telegram bot yaratish, DGU sertifikatini olish uchun hujjat tayyorlash xizmati.

Statistik tahlil, metodologik yondashuv va natijalarni tahlili
Statistik vositalar orqali chuqur tahlil.
Tadqiqotga mos statistik metodlar tanlash, natijalarni tahlil qilish va grafik-tablitsa shaklida taqdim etish xizmatlari.

Dissertatsiya, aftoreferat qismlarini yozib berish
Dissertatsiya strukturasi asosida professional yozuv.
Kirish, adabiyotlar sharhi, metodologiya, tahlil va xulosa kabi qismlarni yozib beramiz.

Taqdimotlar (PowerPoint), dizayn, ilmiy tarjima
Materiallaringizni estetik va professional shaklda tayyorlab beramiz.
Taqdimot dizayni, ingliz-uzbek tarjimalar, diagramma va grafikalar bilan ishlov berish

Patent qidiruv va hujjatlashtirish
Innovatsion g‘oyangizni qonuniy himoya qilishga yordam beramiz.
Patenti mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash, ariza topshirish va patent olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash.

Plagiat tekshiruvi
Ilmiy ishlaringizni original holatda taqdim etishingizga kafolat.
Antiplagiat tizimlarida tekshirish, plagiatni kamaytirish va to‘liq hisobot berish.
Biz sizning ilmiy va texnologik g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etishda yordam beramiz
IntellectPro.Uz — bu ilmiy izlanishlar, texnologik loyihalar va innovatsion tashabbuslarni amaliyotga joriy etishda yo‘lko‘rsatkich bo‘la oladigan platforma. Biz murakkab ilmiy va intellektual masalalarni tushunarli, tizimli va amaliy yechimlarga aylantiramiz.
Har bir loyihaning asosida aniq tahlil, puxta rejalashtirish va zamonaviy texnologik yondashuv yotadi. IntellectPro.Uz sizga ilmiy-texnikaviy hujjatlar, patentlash, grantlar, startaplar, platforma yaratish va boshqa ko‘plab jarayonlarda individual va jamoaviy yordam ko‘rsatadi.
Intellektual salohiyatingizni ishga soling — biz sizga orzudagi natijalarga erishishda zamonaviy vositalar bilan ko‘mak beramiz.


“Biz fan va texnologiyaga butunlay bog‘liq jamiyatda yashaymiz, ammo juda ozchilik bu sohalar haqida yetarli bilimga ega. Bu — falokatga olib keluvchi holat. Farzandlarimizni tanqidiy fikrlash va ilmiy savodxonlikni qadrlashga o‘rgatishimiz kerak. Faqat shundagina biz bilimga asoslangan kelajakda yo‘l topa olamiz.”
Carl Sagan (astrofizik, yozuvchi)
Nega aynan biz?
Ilmga sadoqatli
Biz ilm-fan va texnologiyaga chuqur ishtiyoq bilan yondashamiz. Har bir mijozning loyihasini o‘zimizniki kabi qabul qilamiz va unga eng yuqori darajadagi e’tibor bilan yondashamiz. Ilmiy izlanishlar — biz uchun faqat kasb emas, hayot tarzidir.
Yuqori malakali mutaxassislar
IntellectPro.uz jamoasi — bu o‘z sohasida tajribali, ilmiy va texnologik loyihalarda ishtirok etgan professionallar jamlanmasi. Har bir xizmat — chuqur tahlil, dolzarb yondashuv va amaliy yechimlarga asoslanadi.
Doimiy qo‘llab-quvvatlash
Siz biz bilan yo‘lga chiqqan loyihangizda hech qachon yolg‘iz emassiz. Biz har bir bosqichda — g‘oya shakllanishidan to natijani joriy etishgacha — doimiy texnik va ilmiy yordam ko‘rsatamiz.